eye

Спортчиларга

Спортчиларга

Milliy test ro’yxati

Antidoping Agentligi sportchini musobaqadan tashqari bir necha marotaba doping-testdan oʻtkazishni zarur deb hisoblasa, u holda sportchi “Doping-test roʻyxati”ga kiritiladi.

Sportchilarni “Doping-test roʻyxati”ga kiritish mezonlari - bu sport koʻrsatkichlari va natijalari, yirik sport musobaqalarida qatnashish huquqi, sportchilar yoki ularga mas’ul xodimlar tomonidan antidoping qoidalarini buzilishi va antidoping tashkilotining oʻziga xos sportchini testdan oʻtkazishga boʻlgan qiziqishini kuchaytiruvchi boshqa jihatlar, shu jumladan sport faoliyatini qayta boshlash istagi yoki sportdan nafaqaga chiqish holatlari.

Doping test roʻyxatiga kiritish sportchini qayerdaligi toʻg’risida ma’lumotni oʻz vaqtida taqdim etishga majbur etadi. Bunday ma’lumotlarni taqdim qilmaslik yoki yolg’on ma’lumot berish antidoping qoidalarini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Musobaqa davrida, musobaqadan tashqari mashg’ulotlar boʻlmagan taqdirda ham, jarohat, vaqtincha chetlatish yoki diskvalifikatsiya tufayli qatnashmaslik davrlarini oʻz ichiga olgan holda ma’lumot berilishi kerak.

Sportchi “Doping-test roʻyxati”dan chiqarilganligi toʻg’risida xabardor qilinmaguncha yoki O’zMADAga rasmiy ravishda nafaqaga chiqqanligini bildirmaguncha, sportchi “Doping-test roʻyxati”da qoladi.

Sportchi oʻzi bergan ma’lumotni yoki uchinchi shaxsga (qarindoshi, murabbiyi, shifokori, hamkasbi va h.k) ma’lumot berishni buyurganligidan qat’iy nazar, qayerda berilganligi toʻg’risida ma’lumotni oʻz vaqtida va aniqligi uchun shaxsan javob beradi.

Национальный пул тестирования (на III-IV квартал 2020 г.)
Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш