Amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Mintaqaviy antidoping agentligiga aʼzo mamlakatlar Milliy antidoping agentliklari rahbarlari Respublikasi sport tibbiyoti amaliy markaziga tashrif buyurishdi.
Bu yerda sportchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Maʼlumki, terma jamoamiz vakillarining qulay sharoitlarda shugʻullanishi, ayniqsa, tibbiy-farmakologik vositalar bilan taʼminlanishi alohida eʼtibor talab qiladi. Terma jamoalarimizni tajribali sport shifokorlari, diyetolog, psixologlar bilan taʼminlash borasida katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda. Ayni paytga kelib deyarli barcha sport turlarida ana shunday tibbiyot mutaxassislari faoliyat olib bormoqda.
Mehmonlar tibbiyot markazida sportchilar uchun yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi va sportchilarni sogʻlom boʻlishi, davolanish jarayonidan taqiqlangan roʻyxatda mavjud boʻlmagan dori vositalaridan foydalanish lozimligini alohida taʼkidlab oʻtdi.