Sportda dopingdan foydalanish turli kasalliklarga olib kelishi mumkin - yurak-qon tomir kasalligidan saratongacha.
Tekshirilgan va asoslangan maʼlumotlarga ko‘ra, doping sportchilarning ish faoliyatini yaxshilaydi, lekin ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi va Butunjahon antidoping agentligi (VADA) tomonidan bunday harakatlar taqiqlangan.
Musobaqalarda natijalarni yaxshilash maqsadida sportchilar turli kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori-darmonlarni nazoratsiz qabul qilib, eng kam qarshilik yo‘lidan borishadi.
Sportda taqiqlangan moddalarni qabul qilish yurak ritmining buzilishi, tomirlarning kengayishi, yurak xuruji, o‘simtalar shakllanishi, jigar va buyrak kasalliklari, bepushtlik, depressiya, tajovuz, hayz davrining buzilishi va miya shikastlanishi kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Hurmatli sportchilar, sportda biron bir yaxshi natijaga erishaman deb o‘z salomatligingiz va kelajagingizga nuqta qo‘ymang.
Unutmang, antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!