eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmon va joriy yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarorlari qabul qilingan.

 

 “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida vazirlik va idoralarga ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini taʼminlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi yo‘nalishlar belgilangan.

Mazkur farmon va qarorlarda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi ham chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan va rejaga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.

 Bugun, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agentlik direktori A.Sadikov belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan bo‘limlarga yuklangan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqdi va oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qatʼiy topshiriqlar berildi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш