eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarga tushunchalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qarorda sportda doping qo‘llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tuzilmalarning antidoping nazorati sohasida qo‘shma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali o‘zaro hamkorligini taʼminlash belgilangan.

Shuningdek, qarorda Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, ularga sportda doping qo‘llanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko‘rsatish, taʼlim dasturlarini realizatsiya qilish, sog‘lom va halol sportni targ‘ib qilish maqsad qilib qo‘yilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida to‘rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarga antidoping sohasida ko‘nikmalar berib kelinmoqda.

Kuni kecha Agentlik tomonidan Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan taekvondo vtf bo‘yicha terma jamoa aʼzolariga “ADEL platformasidan foydalanish va terapevtik istisnoni qo‘llash” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Seminar davomida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш