eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan xokkeychilarga antidoping taʼlimoti bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

So‘ngi yillarda mamlakatmizda barcha sohalar kabi sportga ham hukumat darajasida eʼtibor berilib, sportchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan hozirda boshqa sport turlari kabi qishki sport turlari ham jadallik bilan rivojlanib sezilarni natijalar qayd etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 yil Milan va Kortina-Dampesso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorda sportchilarni kompleks tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilangan. Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish orqali hududlarda zarur infratuzilmani yaratish, mavjud salohiyat va imkoniyatlardan kelib chiqib, hududlarni qishki olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish, ushbu hududlarda qishki sport turlarini rivojlantirish, qishki sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa aʼzolarini shakllantirish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda ularning ishtirokini taʼminlash belgilab qo‘yilgan.

Qolaversa qarorda antidoping sohasida sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlarini bilimlarini oshirish, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish kabi masalalar Agentlik oldiga qo‘yilgan vazifalardan biridir.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Agentlik xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan xokkey sport turi bo‘yicha terma jamoa aʼzolari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda dopingning salbiy oqibatlari va dopingsiz musobaqalarda qatnashish, antidoping qoidabuzarliklari, sportchining huquq va majburiyatlari, ADeL antidoping elektron o‘quv dasturlari va yo‘riqnomalaridan foydalanish to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berildi. Seminar davomida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli javoblarni olishdi.

Bu kabi o‘quv-seminarlar barcha sport turlari bo‘yicha terma jamoa aʼzolari ishtirokida o‘tkazib kelinmoqda. Maqsad sportchilarimiz bilib yoki bilmasdan antidoping qoidabuzarligini sodir etishini oldini olish va musobaqalarda vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targan holda halol g‘alabalarni qo‘lga kiritishlari tarafdorimiz.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш