eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Olimpiya shaharchasidan kelajakda oqilona foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Respublika oliy sport mahorat maktablari, federatsiya va assotsiatsiyalar mutasaddilari bilan “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun qurilayotgan obyektlar va ulardan kelajakda samarali foydalanish bo‘yicha qator loyihalar ko‘rib chiqilmoqda. Mutasaddilar Olimpiya shaharchasining o‘ziga tashrif buyurib, loyihaning yakuniy holatini muhokama qilishdi.

Mazkur uchrashuvda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov va uning o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov, federatsiyalar masʼullari ishtirok etishdi.

Adham Ilhamovich qurilish jarayoni haqida to‘xtalar ekan, shaharchada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida yana bir bor batafsil maʼlumot berdi. Shundan so‘ng kun tartibining asosiy mavzusiga o‘tildi. Unda vazir davlatimiz rahbari tomonidan Olimpiya shaharchasining imkoniyatlaridan keng foydalanish, uni ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar markaziga aylantirish borasida berilgan topshiriqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shaharcha hamyurtlarimiz uchun zamoanviy sport disneylendiga aylantirilishi ko‘zda tutilgan. Oybek Kasimovning taʼkidlashicha, shaharcha o‘zbek sportining rivojini yangi bosqichga olib chiqishda yagona klaster bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida O‘yinlardan so‘ng ushbu shaharchaga joylashadigan oliy sport mahorati maktablari va federatsiyalarning joy taqsimoti, terma jamoalar uchun ajratiladigan mashg‘ulot zallaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida mutasaddilar qurilish olib borilayotgan hududlarda ham bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, har hafta federatsiya masʼullari bilan jarayonni muntazam ko‘zdan kechirib borish bo‘yicha kelishib olindi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш