eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

WADA Kodeksiga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar eʼlon qilindi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning 2023 yil noyabr oyi hisobotiga ko‘ra, quyidagi milliy antidoping agentliklari va 1 ta xalqaro federatsiya WADA Kodeksiga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar sifatida qayd etilgan.

 

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya) milliy antidoping agentligi

WADA Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 14 sentyabrdagi nomuvofiqlik to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan va unga ko‘ra Koreya Xalq demokratik Respublikasi bayrog‘i mintaqaviy, qitʼa yoki Jahon chempionatlarida yoki yirik tadbir tashkilotchilari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda (Olimpiya o‘yinlari va Paralimpiya o‘yinlaridan tashqari) muvofiqlik sharti qayta tiklanganga qadar ko‘tarilmaydi. Qaror 2021 yil 7 oktyabr sanasidan kuchga kirgan.

Gabon milliy antidoping tashkiloti

WADA Ijroiya qo‘mitasining nomuvofiqlik to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra 2023 yil 11 aprelb sanasidan Gabon bayrog‘i mintaqaviy, qitʼa yoki jahon chempionatlarida, shuningdek yirik sport tadbirlari, shu jumladan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida hamda boshqa tadbirlarda muvofiqlik sharti qayta tiklanganga qadar ko‘tarilmaydi.

Rossiya antidoping agentligi (RUSADA)

WADA Ijroiya qo‘mitasining nomuvofiqlik to‘g‘risidagi 2020 yil 17 dekabrdagi qaroriga ko‘ra Rossiya bayrog‘i mintaqaviy, qitʼa yoki jahon chempionatlarida, shuningdek yirik sport tadbirlari, shu jumladan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida hamda boshqa tadbirlarda muvofiqlik sharti qayta tiklanganga qadar ko‘tarilmaydi.

Xalqaro fitness va bodibilding federatsiyasi (IFBB)ga nisbatan WADA Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 17 oktyabrdagi nomuvofiqlik to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan o‘z vaqtida o‘tgan antidoping agentligi hisoblanadi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш