eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

WADA Kodeksiga nomuvofiqlik qanday aniqlanadi?

Nomuvofiqliklar haqida hisobot berish orqali. Unda maʼlum bir tashkilotni Jahon antidoping kodeksi (kodeks) va xalqaro standartlarga mos kelmasligi haqida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ga xabar berish mumkin. Xabarda nomuvofiqliklarni iloji boricha batafsil tasvirlab berish talab etiladi.

Nomuvofiqliklarni aniqlash

WADA kodeksining muvofiqligini Monitoring qilish dasturining har qanday tarkibiy qismini kuzatish maqsadida (qoidalarni ko‘rib chiqish, Kodeksga muvofiqlik savolnomasi (CCQ), audit, doimiy monitoring dasturi, majburiy maʼlumot so‘rovlari va boshqa manbalar) WADA tuzatuvchi harakatlar hisobotini (Corrective Action Report (CAR)) ishlab chiqishi mumkin. Mazkur hisobotlar kodeksni imzolovchi tomonlarga antidoping dasturlarini takomillashtirishda ustuvor asosda tuzatish ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan muddatlar orqali yordam beradi. Agar imzolovchi tomon taqdim etilgan vaqt jadvalida qoniqarli tuzatish choralarini ko‘rmasa, imzolovchilar tomonidan kodeksga rioya qilishning xalqaro standarti (The International Standard for Code Compliance by Signatories (ISCCS))da belgilangan jarayon qolgan nomuvofiqliklarni hal qilish uchun boshlanadi.

Nomuvofiqliklar hal etilmaganda amalga oshiriladigan jarayon

Muvofiqlikka erishishni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha harakatlar amalga oshiriladi. imzolovchi tomonni nomuvofiq deb eʼlon qilish oxirgi chora hisoblanadi.

Agar imzolovchi tomon boshqa barcha variantlar tugagandan so‘ng muvofiqlikka erisha olmagan bo‘lsa, ish rasmiy chora ko‘rish tavsiyasi bilan Muvofiqlikni ko‘rib chiqish qo‘mitasi (Compliance Review Committee (CRC))ga hamda WADA Ijroiya qo‘mitasiga yuboriladi.

Nomuvofiqlik tasdiqlangandan keyingi jarayon

Taʼrifga ko‘ra, nomuvofiqlik to‘g‘risidagi daʼvo vaziyatning chuqur va puxta ko‘rib chiqilganligini va Muvofiqlikni ko‘rib chiqish qo‘mitasining WADA Ijroiya qo‘mitasiga bergan tavsiyasi faktlar, dalillar va voqeliklarni ko‘rib chiqishga asoslanganligini anglatadi.

imzolovchi tomon nomuvofiq deb eʼlon qilingandan so‘ng, WADA tegishli oqibatlarning qanday bajarilishini nazorat qiladi va imzolovchi tomon imkon qadar o‘zini tezroq tiklashini taʼminlash uchun resurslar va qo‘llab-quvvatlashga ahamiyat qaratadi.

Muvofiqlikni monitoring qilish dasturi

Muvofiqlikni monitoring qilish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra WADA imzolagan antidoping qoidalari va qonunchiligini Kodeksga va tegishli xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash uchun doimiy ravishda kuzatib borishi shart.

Kodeksga muvofiqlik so‘rovnomasi (CCQ) onlayn o‘zini o‘zi baholash vositasi bo‘lib, u imzolovchi tomonlarga Jahon antidoping kodeksi (kodeks) va xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi. Unda imzolovchi tomonlar javoblar va tegishli maʼlumotlarni taqdim etishlari shart:

Ø imzolovchi tomonning boshqaruvi

Ø ADAMS

Ø Byudjetlashtirish va hisobot

Ø Sinov va tekshiruvlar (Testing and investigations)

Ø Natijalarni boshqarish (Results Management)

Ø terapevtik istisno (TI)

Ø Taʼlim

Ø Maxfiylik

Keng qamrovli tabiati tufayli Milliy antidoping tashkilot (MADT)lari va xalqaro federatsiyalar uchun CCQlar odatda Kodeks va xalqaro standartlarga kiritilgan o‘zgartishlarga amal qiladi. Birinchi CCQ, 2017-yilda, 2015-yilgi kodeksga muvofiqlikni baholash uchun tatbiq etilgan. MADTlar va XFlar uchun navbatdagi CCQ 2022-2023-yillarda 2021-yilgi Kodeks va xalqaro standartlarning bajarilishini baholash uchun rejalashtirilgan. Asosiy tadbir tashkilotchi (ATT)lari tadbirdan oldin aniqlangan va tuzatilgan har qanday kamchiliklar mavjudligi haqida o‘zlarining asosiy tadbirlariga qadar muvofiqligini baholash uchun moslashtirilgan CCQni olishadi.

Auditlar

Auditlar WADA tomonidan o‘qitilgan shaxslar va tashqi antidoping mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi. Auditning asosiy komponenti auditorlik guruhi va imzolagan shaxs o‘rtasidagi hamkorlikdagi yondashuvdir. WADA tekshiruvlari texnik xususiyatga ega bo‘lib, tekshirilayotgan imzolovchi tomonning Kodeks va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholaydi. Ular audit vaqtida antidoping dasturining muvofiqligiga eʼtibor qaratadilar. Qoidaga muvofiq, WADA o‘tkazilgan barcha auditlarning ro‘yxatini yuritadi.

Doimiy monitoring dasturi

WADA CCQ so‘rovnomasi asosida doimiy monitoring dasturini yuritadi hamda dopingga qarshi muhim tadbirlarni tekshiradi va nazorat qilib boradi. Masalan,

ADAMSdagi doping nazorati shakllari;

terapevtik istisno (TI) boshqaruvi;

Natijalarni boshqarish jarayonlari va qarorlari;

Sinov faoliyati, shu jumladan sportga xos tahlil uchun texnik hujjat (Technical Document for Sport Specific Analysis (TDSSA)), sportchining biologik pasporti (SBP) dasturi, namunalarni yetkazib berishni kechiktirish, musobaqadan tashqari sinov dasturlari va doping sinama olish uchun tuzilgan ro‘yxat (RTP).

Doimiy monitoring CCQlar orasidagi bo‘shliqni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan va vaqt o‘tishi bilan imzolovchilar tomonidan aniqlangan va amalga oshirilgan yaxshilanishlarni taʼminlaydi.

WADA imzolovchi tomonlarga har qanday antidoping masalasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot olish uchun maʼlumot so‘rovlari yoki majburiy maʼlumot so‘rovlarini berishi mumkin. Bu esa WADA kodeksiga muvofiqlik nuqtai nazaridan tashvish tug‘diradi.

WADA shuningdek, antidoping dasturlarining sifatini va ularning keyinchalik Kodeks va xalqaro standartlarga muvofiqligini nazorat qilish va baholash uchun boshqa maʼlumot manbalaridan foydalanadi. Masalan:

 ADAMS;

 Agentlikning natijalarni boshqarish maʼlumotlar bazasi;

 Surishtiruvlar

 Imzolovchi tomonlarning Kodeksga muvofiqligini nazorat qilish uchun olingan har qanday boshqa surishtiruv, shu jumladan WADAga muvofiqligini tekshirish.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш