Joriy yilning 28 sentyabr kuni Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zining Ijroiya qo‘mitasi (Yexco) tomonidan 2023-yilning 22-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tasdiqlangan “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar”ning yangilangan 2024-yilgi versiyasi hamda 2024-yilgi taqiqlangan ro‘yxatga kirgan asosiy o‘zgarishlarning qisqacha mazmuni va izohli eslatmalarini eʼlon qildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur taqiqlangan ro‘yxat 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Endi WADA 2024-yilgi taqiqlangan ro‘yxatga qo‘shilgan tramadol giyohvand moddasi bilan bog‘liq quyidagi yangilanishlarni nashr etdi:
Shuni taʼkidlash kerakki, tramadolning organizmdan chiqish davri endi 2024-yilgi asosiy o‘zgarishlar va tushuntirish yozuvlarining xulosasiga qo‘shilgan.
Ushbu chiqish davri muddati tramadoldan terapevtik istisno tarzida foydalanishga asoslangan holda 24 soat uchun belgilangan. Chiqish davri oxirgi yuborilgan dozadan musobaqa davri boshlanishigacha bo‘lgan vaqtni anglatadi (yaʼni, agar WADA tomonidan maʼlum bir sport turi uchun boshqa muddat tasdiqlanmagan bo‘lsa, tramadolning chiqish davri sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan musobaqadan bir kun oldin tungi soat 23:59 dan boshlab hisoblanadi).
2024-yilgi asosiy o‘zgarishlar va tushuntirish yozuvlarining yangilangan versiyasini mana bu yerdan topishingiz mumkin.
2. Tramadol uchun minimal hisobot darajasi bilan bog‘liq texnik hujjat
Bundan tashqari, WADA Ijroiya qo‘mitasi tramadol uchun (shartli ravishda TL25 tramadol, deb belgilangan) minimal hisoblash darajasi bilan bog‘liq texnik hujjatni ham tasdiqladi.
TL25 tramadol ning yangilangan versiyasini bu yerdan topishingiz mumkin.
TL25 tramadol peshob namunalarida tramadol topilmalarini tahlil qilish va hisoblash bo‘yicha ko‘rsatmalarni, shuningdek, VADA akkreditatsiyalagan laboratoriyalar tomonidan peshob namunalarida kuzatilishi va tasdiqlanishi uchun tegishli maqsadli analit hisoblangan tramadoldan ozod boshlang‘ich modda aralashmasi uchun qo‘llaniladigan minimal hisoblash darajasini o‘z ichiga oladi.
Laboratoriyalar uchun xalqaro standartga ko‘ra, WADA texnik hujjatlari WADA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarga, sportchining biologik pasporti, sportda taqiqlangan moddalar va/yoki taqiqlangan usullarni tahlil qilish hamda maxsus laboratoriya protseduralarini qo‘llash to‘g‘risidagi maxsus yo‘riqnoma hisoblanadi. Shunga ko‘ra, WADA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan barcha laboratoriyalardan TL25 tramadol tahlilini 2024-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga oshirishlari talab qilinadi.