eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Yaponiyada antidoping taʼlim dasturlari bo‘yicha yillik simpozium o‘tkazilmoqda

Bugungi kunda butun dunyoda global muammoga aylanib borayotgan doping masalasi ko‘pchilikni o‘ylantirayotgani tabiiy. Dopingni oldini olish, musobaqalarda halol raqobatni yo‘lga qo‘yish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda ayni kunlarda Yaponiyada antidoping taʼlim dasturlari bo‘yicha yillik simpozium bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur simpoziumda WADAga aʼzo mamlakatlar masʼul rahbar xodimlari onlayn va oflayn tarzida ishtirok etmoqda.

Simpoziumda antidoping taʼlim dasturlariga alohida eʼtibor qaratish lozim ekanligi, yangilangan taʼlim dasturlari hamda 2027 yilda yangilanishi nazarda tutilgan Kodeks yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berilmoqda.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rahbar xodimlari ham ushbu simpoziumda onlayn tarzda ishtirok etishmoqda. Kecha ish boshlagan yillik simpozium bugun yakunlanadi va simpozium davomida muhim qarorlar qabul qilinadi. Zero, bu kabi qilinayotgan ishlarning barchasi mamlakatni dopingdan xoli hududga aylantirish borasidagi ishlardir.

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш