eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

ADAMS tizimiga sportchilar maʼlumotlari kiritilishi majburiymi, bu tizim nima uchun kerak?

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan ishlab chiqilgan ADAMS tizimi sportchini doimiy nazorat qilib borish tizimi hisoblanadi. Ushbu tizimga mamlakat ichki chempionatlari va xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilar maʼlumotlari kiritiladi.

Sportchi katta sportga qadam qo‘ygandan so‘ng, bu sportchi kun kelib katta natijalar qayd etishi mumkin. Sportda halollikni taʼminlash maqsadida reja asosida sportchilar doping nazoratidan o‘tkazib boriladi. Doping sinamasi olingan sportchining natijalarini tekshirgan laboratoriya tomonidan natija chiqishi bilan ushbu profilga yani sportchining maxsus ID nomeri orqali profiliga joylanadi va bu natija WADA, xalqaro va mamlakat federatsiyasi va Milliy antidoping agentligi masʼul xodimlariga ko‘rinadi. Shuningdek, laboratoriya tomonidan doping sinamasidagi barcha natijalar yani sportchidagi gormonal o‘zgarishlar kabi maʼlumotlari ham joylanadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan bu borada ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, sportga yangi kirib kelgan sportchilar uchun shaxsiy kabinet ochish va uni to‘ldirib borishni o‘rgatish, o‘z vaqtida profilini to‘ldirmagan sportchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish kabi vazifalarni amalga oshirmoqda.

Sportchilar ushbu tizimdan noto‘g‘ri foydalansa yoki eʼtiborsiz qoldirsa qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? ADAMS tizimida sportchi har bir chorak uchun o‘zining qayerdaligi haqidagi maʼlumotlarini ko‘rsatib o‘tishi kerak, hamda alohida ro‘yxat (RTP) dagi sportchilar doping ofitserlari tashrif buyurib, tahlil olishi uchun 1 soatlik interval vaqtni belgilashlari lozim. Agar, sportchi o‘zi ko‘rsatgan vaqtda o‘sha manzilda bo‘lmasa, unga ogohlantirish beriladi. 12 oy davomida ana shunday ogohlantirishlardan 3 ta olgan atlet shaffoflikni taʼminlay olmagani uchun tergov surishtiruv komissiyasi xulosasiga ko‘ra 2 yil yoki undan kattaroq muddatga diskvalifikatsiya qilinadi. Agar sportchining manzilida o‘zgarish sodir bo‘lsa, u profilidagi hududni 24 soatgacha bo‘lgan vaqt ichida o‘zgartirib qo‘yishi kerak.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш