eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Butunjahon antidoping kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar va takliflar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida mutaxassislarni soha bo‘yicha, Butunjahon antidoping kodeksi, Xalqaro Konvensiya va standartlarga kiritilgan o‘zgarishlar va kiritiladigan qo‘shimchalar mazmun mohiyatini to‘liq anglab yetish va tushunish bo‘yicha xodimlar o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Shu maqsadda bugun “Butunjahon antidoping kodeksi – asosiy prinsiplar va mohiyati mavzusida” muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda, Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar va 2027-yilda qayta tahrir qilinishi nazarda tutilgan Kodeksga takliflar va qo‘shimchalar yuzasidan fikr mulohazalar eshitildi.

O‘zi Kodeks qanday hujjat, u kimlar uchun kerak degan savol tug‘ilishi mumkin? Butunjahon antidoping kodeksi sport tashkilotlari va butun dunyo bo‘ylab davlat organlari o‘rtasida antidoping siyosati, qoidalari va qonunlarini uyg‘unlashtiradigan asosiy hujjatdir. U turli sohalarda antidoping tashkilotlari o‘rtasida izchillikni taʼminlashga qaratilgan 8 ta xalqaro standartlar bilan birgalikda ishlaydi.

Kodeks 2003-yilda qabul qilingan bo‘lib, 2004-yildan kuchga kirgan va shu kunga qadar 5 marta o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib. Kodeksni yana-da taʼsir doirasini mustahkamlash bo‘yicha 2027-yilda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan. Shu maqsadda yangi tahrirdagi Kodeksga Milliy antidoping tashkilotlari takliflari o‘rganilmoqda va bevosita har bir xodim fikri tinglanib, umumlashtirilgan maʼlumotlar taqdim etilishi uchun o‘tkazilmoqda.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш