eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Bokschilarga antidoping o‘quv-seminari o‘tkazildi

To‘rt yillikning eng nufuzli sport bayrami hisoblangan Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik allaqachon boshlab yuborilgan. Hozirgi kunda mamlakat federatsiya va assotsiatsiyalari turli o‘quv mashg‘ulot bazalarida tayyorgarlikni olib borishmoqda. Shulardan biri boks terma jamoasidir.

Toshkent viloyatida joylashgan "Yangiobod sport bazasi"da o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan boks bo‘yicha terma jamoa aʼzolari jismoniy va psixologik jihatdan tayyorgarlik olib borishmoqda. Shu bilan bir qatorda sportchilarga antidoping sohasidagi bilimlarini yana-da mustahkamlash O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi oldida turgan asosiy vazifadir.

Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan terma jamoa shifokorlari, sportchilar va tibbiyot xodimlarini antidoping sohasida malakalarini oshirish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi. Seminarda, terapevtik istisno nima, antidoping qoidabuzarlik turlari, ADAMS tizimini to‘g‘ri yuritish, sportchi va doping ofitserining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш