eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Butunjahon antidoping kodeksi yuzasidan muhokama davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida mutaxassislarni soha bo‘yicha, Butunjahon antidoping kodeksi, Xalqaro Konvensiya va standartlarga kiritilgan o‘zgarishlar va kiritiladigan qo‘shimchalar mazmun mohiyatini to‘liq anglab yetish va tushunish bo‘yicha xodimlar o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Kodeks qanday hujjat, u kimlar uchun kerak degan savol tug‘ilishi mumkin? Butunjahon antidoping kodeksi sport tashkilotlari va butun dunyo bo‘ylab davlat organlari o‘rtasida antidoping siyosati, qoidalari va qonunlarini uyg‘unlashtiradigan asosiy hujjatdir. U turli sohalarda antidoping tashkilotlari o‘rtasida izchillikni taʼminlashga qaratilgan 8 ta xalqaro standartlar bilan birgalikda ishlaydi.

Agentlik xodimlari o‘rtasida bo‘layotgan muloqotda har bir bob, bo‘lim va moddalarga alohida to‘xtalib mazmun mohiyati chuqurroq o‘rganilmoqda. Ushbu Kodeks antidoping sohasida rioya qilinishi lozim bo‘lgan asosiy hujjatlardan biridir. Shu maqsadda kundalik ish jarayonida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarda tezkorlik bilan qonunan munosabat bildirish uchun yana-da chuqurroq o‘rganish talab etilmoqda.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш