eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Navbatdagi hamkorlik memorandumi Toshkent Farmatsevtika instituti bilan imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi PQ-149-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda ish samaradorligini yana-da oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Toshkent Farmatsevtika instituti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, sportda taqiqlangan dori vositalari, sport farmakologiyasi va farmatsiyasi sohalarida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazish, maʼlumotlar almashishni joriy qilish, shuningdek, o‘quv va uslubiy faoliyat samaradorligini oshirish, yurtimizga sog‘lom sportchilarni tayyorlash uchun sport farmakologlarining bilim va salohiyatini oshirish maqsadida uzoqqa mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum asosida sport farmakologiyasi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, “Sportda taqiqlangan modda va usullar” milliy platformani amalga oshirishda hamkorlik qilish, magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga sportda taqiqlangan dori vositalari va uslublari to‘g‘risida maʼlumotlar va tushuntirishlar berish, hamkorlikda sportda taʼqiqlangan moddalar va uslublar qo‘llanishining oldini olish borasida axborot va taʼlim dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, sportda doping qo‘llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va amalda joriy qilish, sport farmakologlarini antidoping qoidalari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirishda o‘quv kurslarini tashkil qilish, huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga qaratilgan ko‘rgazmali materiallar tayyorlash va barcha sport tashkilotlariga yetkazish maqsad qilingan.

Eslatib o‘tamiz, hamkorlik doirasida Toshkent yuridik universiteti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, hozirda reja asosida hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, kadrlar tayerlash bo‘yicha, universitetning magistrlari agentlikda stajirovka o‘tishi boshlandi.

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш