eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

XOQ va WADA "steroidlar bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari"ga qarshi chiqdi

PayPal va Palantir asoschilaridan biri bo‘lgan Piter Til doping va steroid ishlatadigan sportchilar uchun Olimpiada o‘yinlarini yaratmoqchi.

Birinchi musobaqalar 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida Nev York Post nashri maʼlumot tarqatgandi.

Xabarga ko‘ra, ishtirokchilar turnir davomida dopingni halol va ochiq qabul qilishlari mumkin bo‘lishi, o‘yinlar biologik va ozuqaviy qo‘shimchalarni tadqiq qiluvchi Enhansed Games kompaniyasi ko‘magida o‘tkazilishi rejalashtirilganligini maʼlum qildi.

Shuningdek bunday o‘yinlarni yaratishdan maqsad davlatlardagi sport federatsiyalari va hukumatlariga bog‘liq bo‘lmagan sportchilarni ixtiyoriy tanlash ekanligini taʼkidlagan. Bu masala bo‘yicha tashkilotchilar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazishini ham maʼlum qilgan. Shundan so‘ng, ishtirok etish uchun 900 ga yaqin ariza topshirilgan.

Biroq, Xalqaro adolatli o‘yin qo‘mitasi (SIFP), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Butunjahon antidoping agentligi (VADA) doping isteʼmol qiladigan sportchilar uchun muqobil Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasiga qarshi chiqdi.

“Bu ishtirokchilarning sog‘lig‘i uchun potensial halokatli xavf tug‘diradi, chunki sportchilar va ularning hamkasblari muqarrar ravishda sog‘lom chegaralardan tashqariga chiqishga harakat qilishadi” — degan fikrni bildirgan.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш