eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

WADA Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga boradigan sportchilar va murabbiylar uchun yangi elektron o‘quv kursini yaratdi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga borishni maqsad qilgan sportchilar, ularning hamrohlari (ko‘zi ojiz sportchilar uchun) va murabbiylar uchun antidoping taʼlimi doirasida yangi taʼlim kursi yaratilganini eʼlon qildi.

ADEL Parij 2024 Paralimpiya o‘yinlari uchun” WADA tomonidan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu tashkilotlarning o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishda sportchilar va ularning murabbiylarini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikda ishlashga sodiqligini namoyish etadi va bu tamoyil WADA Xalqaro taʼlim standarti (XTS) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Paralimpiya sportchilarining o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan yangi kursda qatnashuvchilar 2024 yil Parijda bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlarining antidoping qoidalari, jarayonlari va talablari, jumladan,

-         dori vositalarini qanday tekshirish;

-         terapevtik istisno (TI) uchun qanday ariza berish;

-         o‘z joylashuv maʼlumotlarini qanday taqdim etish;

-         doping sinama topshirish jarayonida sportchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladilar.

Kurs, shuningdek, sportchilar, murabbiylar va sportchilarning hamrohlariga muhim sanalar va o‘yinlar davomida qaysi tashkilot ular ustidan yurisdiksiyaga ega ekanligi kabi asosiy maʼlumotlarni ham aniqlashga imkon beradi.

 “Biz barcha Paralimpiya sportchilari va ularni qo‘llab-quvvatlovchilar Parijga kelishidan oldin antidoping masalalari bo‘yicha o‘qitilishini istaymiz. Biz Paralimpiya o‘yinlariga terma jamoalarni yuborish niyatida bo‘lgan barcha antidoping tashkilotlari (ADO) vakillarini vaqtlarini o‘z milliy terma jamoalarini tarbiyalashga sarflashga hamda milliy obro‘-eʼtibor va o‘yinlar yaxlitligini himoya qilishda o‘z hissalarini qo‘shishga chorlaymiz”, - deydi WADAning taʼlim bo‘yicha direktori Amanda Hudson.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining antidoping bo‘limi boshlig‘i Jude Ellis “XPQ sportchilar uchun toza, adolatli va raqobatbardosh sportni taʼminlashga intiladi. Biz sportchining dopingga qarshi kurash bo‘yicha birinchi tajribasi taʼlim orqali, yaʼni “Birinchi navbatda taʼlim” tamoyili bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaymiz, shuning uchun biz Milliy Paralimpiya qo‘mitalari o‘zlarining milliy yoki mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan hamkorlikda sportchilar, murabbiylar va boshqa yordamchi xodimlarini o‘yinlar oldidan tegishli tarzda o‘qitilishini istaymiz”, - deydi.

Sportchilar kursdan muvaffaqiyatli o‘tib, sertifikat olishlari uchun 80% va undan yuqori ball olishlari talab etiladi. Kurs hozirda ingliz va fransuz tillarida mavjud bo‘lib, ko‘zi ojiz sportchilarga o‘zlarining ekran o‘qish dasturi yordamida kursdan o‘tishlarini taʼminlash uchun moslashtirilgan.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш