eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

WADAning 2024-yilgi Xalqaro taʼlim konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Ayni kunlarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Fransiyaning Kann shahridagi 2024-yilgi Xalqaro taʼlim konferensiyasi (XTK) bo‘lib o‘tmoqda.

27-29-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konferensiyada butun dunyodan 200 ga yaqin mamlakatlaridan 400 dan ortiq mutasaddilar ishtirok etmoqda. Ushbu tadbirda antidoping amaliyotchilari, tadqiqotchilar, hukumat amaldorlari va sportchilarni birlashtirib, paydo bo‘layotgan tendensiyalarni baham ko‘rish va muhokama qilish, taʼlim dasturini ishlab chiqishga hissa qo‘shish va taʼlimning xalqaro miqyosda dopingga qarshi saʼy-harakatlarini qanday davom ettirishi mumkinligini o‘rganish uchun yig‘iladi. Bu Xalqaro taʼlim konferensiyasi to‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib,  Kanada (2015),  Xitoy (2018) va Avstraliyaning Sidney shahrida (2022) o‘tkazilgan.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida Fransiya, Litva va Turkiya antidoping tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlar imzolash rejalashtirilgan.   

Kecha yaʼni 27-fevral kuni tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Bugun konferensiya sessiyalarga bo‘lingan xolda ish boshlaydi, unda jami o‘n bitta sessiya mavjud bo‘lib, sportchilarni jalb qilishning ahamiyati, antidoping taʼlimini rejalashtirish va loyihalash asoslari, toza sport xatti-harakatlarini rivojlantir, qasddan bo‘lmagan doping va qadriyatlarga asoslangan taʼlim mavzular bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш