eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib o‘tgan Global taʼlim konferensiyasida nimalarga erishdik?

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27-29-fevral kunlari Fransiyaning Kann shahrida Butunjahon antidoping agentligining 2024-yilgi Global taʼlim konferensiyasi (Global Education Conference 2024 – GEC2024) bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli konferensiyada butun dunyo bo‘ylab 400 dan ortiq soha mutaxassislari, jumladan, milliy antidoping agentliklari vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari, dopingga qarshi kurash amaliyotchilari, tadqiqotchilar, hukumat vakillari ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston milliy antidoping agentligidan ham mutaxassislar ishtirok etishdi.

Xalqaro taʼlim konferensiyasi davomida jami o‘n bitta sessiya bo‘lib, ularda keng ko‘lamli yo‘nalishlar, jumladan, sportchilar orasida antidoping taʼlimini joriy qilishning ahamiyati, taʼlimni rejalashtirish va loyihalash asoslari, toza sport xatti-harakatlarini rivojlantirishda taʼlimning roli, beixtiyor qabul qilingan doping hamda qadriyatlarga asoslangan taʼlim mavzulari atroflicha o‘rganildi.

Konferensiyada shuningdek, dopingga qarshi kurashish bo‘yicha taʼlim dasturlarini takomillashtirishda ilg‘or tajribalar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, sportchilarni rivojlanib borayotgan tendensiyalardan boxabar etish va ular bilan muhokama qilish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish, xalqaro miqyosda dopingga qarshi kurash harakatlarini qanday qilib samarali tarzda davom ettirish, shuningdek sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf qilish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan majlislar bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya doirasida muhim uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Jumladan, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka bilan uchrashuv doirasida WADA bilan hamkorlik aloqalari hamda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan yaratilgan “Sportchilar uchun antidoping taʼlimi” hamda “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish” milliy onlayn platformalarining yaratilganligi yuksak baholandi.

Shuningdek, Turkiya antidoping agentligi bosh direktori, professor Rushtu Guner bilan ikki davlat milliy antidoping agentliklari faoliyati hamda mutaxassislar tayyorlash, tajriba almashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari Litva antidoping agentligi direktori Ruta Banite bilan strategik hamkorlik masalalari, jumladan ijobiy doping holatlarini surishtirish va tergov qilish (Intelligence and Investigation), natijalarni boshqarish (Results management), sportchilar orasida doping xatarlarni baholash (Risk assessment) hamda sportda taqiqlangan moddalardan istisno tarzida terapevtik maqsadlarda foydalanish (Therapeutic Use Exemptions) masalalarida hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.

Konferensiya davomida WADAning taʼlim sohasidagi kelgusi rejalari, uning strategik ustuvor yo‘nalishlari, agentlikning xalqaro tashkilotlar, jumladan Xalqaro sport federatsiyalari, milliy antidoping agentliklari bilan hamkorliklari, yangilanishi kutilayotgan Butunjahon antidoping Kodeksi va Xalqaro standartlar, Butunjahon antidoping kodeksini milliy qonunchilik orqali joriy etish, shuningdek, sportda dopingga qarshi kurash borasidagi taʼlimni majburiy qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш