eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Litva bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Ayni kunlarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning navbatdagi yig‘ilishi Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi tadbir WADAning 25 yillik faoliyatiga bag‘ishlab “Bir missiya – bir jamoa” tamoyili ostida o‘tkazilmoqda.

Ushbu nufuzli konferensiyada WADAga aʼzo mamlakat antidoping tashkilotlari rahbarlari, xalqaro federatsiyalar, sportchilar, hukumat amaldorlari, WADA tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriya rahbarlaridan iborat 650 dan ortiq vakillar qatnashmoqda. Ushbu forumda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Bugun ushbu tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, bir qator mutasaddilar so‘zga chiqishdi, jumladan, WADA prezidenti Vitold Banka so‘z oldi va “Bir missiya – bir jamoa” tamoyili asosida yig‘ilganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan so‘ng global masalalarni muhokama qilish uchun ishtirokchilar sessiyalarga bo‘linishdi.

Hozirgi kunda rivojlangan antidoping agentligi hisoblangan Litva antidoping agentligi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga asosan tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xolda tajriba almashish, malaka oshirish kurslarini tashkil qilishga kelishildi.

Konferensiya o‘z ishini ertaga davom ettiradi va yana bir qator hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashular rejalashtirilgan.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш