O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan Sport vazirligi bilan hamkorlikda ko‘plab chempionlarni yetishtirib chiqarayotgan sport taʼlim muassasalarida antidoping o‘quv seminarlarini o‘tkazish davom etmoqda.
Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan sport maktabida tarbiyalanuvchi bo‘lajak chempionlar va murabbiy va sport shifokorlariga antidoping qoidabuzarlik turlari va yangi ishga tushirilgan “Elektron taʼlim platformasi (talim-uznada.uz)” va “Sportda taqiqlangan dori vositalarini aniqlash milliy platforma”lari (dori-uznada.uz) yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Shuningdek seminar davomida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.