Ayni kunlarda butun dunyoda Butunjahon antidoping agentligi tashkil topganligining 25 yilligi hamda 19 aprel - “Halol sport kuni” munosabati bilan sport musobaqalari, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda ham ushbu sana munosabati bilan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, bugun Agentlik xodimlari Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida taʼlim muassasasi o‘quvchilari, murabbiy va sport shifokorlariga antidoping o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida antidoping sohasi bo‘yicha qiziqarli savol javoblar ham bo‘lib o‘tdi. Shartlarda faol ishtirok etgan bo‘lajak chempionlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi bayramona tadbirlar respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda.