O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Sport vazirligi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga asosan mart-aprel oylari davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi sport maktablarining sportchilari, trenerlari va tibbiyot xodimlari ishtirokida “Antidoping taʼlimoti platformasi” va “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish belgilangan.
Reja asosida Toshkent viloyati sport maktablari o‘quv-mashg‘ulot bazalarida tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga “Antidoping taʼlimoti platformasi” bo‘yicha sportchilar uchun antidoping taʼlimoti bilan taʼminlash, “HALOL SPORT” tamoyilini amalga oshirishda birgalikda harakat qilish muhimligi tushuntirildi.
Bundan tashqari “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” bo‘yicha sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasining yaratilishidan maqsad, sportchilarga tez va oson tarzda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalarini tekshirish orqali taqiqlangan dori vositalarining qabul qilinishining oldini olish haqida maʼlumotlar berildi.
Bu kabi seminarlar respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazish reja qilingan.