eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Agentlik direktori Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

Kuni kecha yakuniga yetgan 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov va Yaponiya sport agentligi direktori, delegatsiya rahbari Ken Xashida, vazirlik antidoping masalalari bo‘yicha xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Yumiko Nakajima, Yaponiya antidoping agentligi direktori Shin Asakava va agentlik xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Chika Xirailar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar antidoping sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va antidoping sohasida yangicha loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha suhbatlashishdi.

Uchrashuv davomida Yaponiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda antidoping sohasi jadallik bilan rivojlanib borayotganligi, bejizga O‘zbekiston rivojlangan davlatlarning 1-guruhdan joy olmaganligini taʼkidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz Butunjahon antidoping agentligining Osiyo va Okeaniya mamlaktlari vazirlari yig‘ilishi 22-23-may kunlari o‘tkazildi. unda 33 davlatdan sport vazirlari, o‘rinbosarlari va antidoping tashkiloti rahbarlari ishtirok etdi va tadbirlar davomida davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar muhokama markazida bo‘ldi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш