eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Toshkent viloyatidagi sport maktablarida platformalar bo‘yicha tushunchalar berilmoqda

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Sport vazirligi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi sport maktablarining sportchilari, trenerlari va tibbiyot xodimlari ishtirokida “Antidoping taʼlimoti platformasi” va “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish belgilangan.

Qo‘shma qarorga asosan mart oyida Toshkent shahrida, aprel oyida Toshkent viloyatidagi sport taʼlim muassasalariga borgan xolda seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda reja grafik asosida Toshkent viloyatidagi sport maktablarida o‘quv seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

Seminarlar davomida “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” bo‘yicha sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasining yaratilishidan maqsad, sportchilarga tez va oson tarzda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalarini tekshirish orqali taqiqlangan dori vositalarining qabul qilinishining oldini olish haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Navbatdagi seminar treninglar Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Yangi yo‘l shahar, Yangi yo‘l tuman, Quyichirchiq tuman va Chinoz tumanlaridagi sport taʼlim muassasalarida tushuntirishlar berildi.

 

Bu kabi seminarlar respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazish reja qilingan.

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш