eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari oldidan targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tayyorgarlik davomida sportchilar jismoniy mashqlar bilan bir qatorda psixologik tayyorgarligi ham yuqori o‘ringa qo‘yiladi.

Shu bilan bir qatorda antidoping sohasidagi bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchilar, sportchining murabbiysi va shifokorlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazilib antidoping qoidabuzarligini sodir etmasligi bo‘yicha tushuntirishlar berib kelinmoqda.

Bugun, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida ayni shu masalalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov, Agentlik mutaxassislari va federatsiya (assotsiatsiya)lar sport shifokorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida sportchilarning antidoping qoidalari bo‘yicha bilimlari talab darajasida emasligi, bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha barcha birdek masʼul ekanligi tushuntirib o‘tilmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda yuzaga kelayotgan bahsli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha ham keyslar bilan maʼlumotlar berilmoqda.

 

Ikki kunga mo‘ljallangan seminar davomida mutaxassislar ADAMS platformasidan to‘g‘ri foydalanish, doping sinama topshirish jarayonida sportchining huquq va majburiyati, yaqindagina ishga tushirilgan “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” va “Sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasi” bo‘yicha maʼlumotlar beriladi.

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш