eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Toshkentda 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning navbatdagi 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirlarining yig‘ilishi joriy yilning 22-23 may kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli tadbirda WADA prezidenti Vitold Banka va Bosh kotibdan tashkil topgan WADA rahbariyati, shuningdek 34 ta davlatdan sport vazirlari, vazir o‘rinbosarlari va antidoping sohasiga masʼul bo‘lgan mutasaddilar ishtirok etadi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va Butunjahon antidoping agentligi o‘rtasida antidoping sohasidagi ishlarni yana-da rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan. Bundan tashqari tadbir davomida mamlakatlarda antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, kamchiliklar va oldindagi rejalar haqida so‘z yuritiladi hamda turli kelishuv shartnomalari imzolanadi.

Qolaversa mamlakatlarda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va oldindagi rejalar haqida tor doiradagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Alohida taʼkidlab o‘tish lozim har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan ushbu nufuzli tadbirga O‘zbekiston birinchi bor mezbonlik qilmoqda. Bu ham bo‘lsa Yangi O‘zbekistonda sport va antidoping sohasida yangi sahifa ochilganidan darak bermoqda.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш