Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22-23 may kunlari Toshkent shahrida Butunjahon antidoping agentligining 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shu sababli mazkur nufuzli tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bugun Sport vazirligi majlislar zalida ushbu tadbir yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga nufuzli tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ushbu tadbirga jiddiy tayyorgarlik olib borilishiga asosiy sabab, mamlakatimizda sport va antidoping sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xorij mamlakatlariga namoyish qilishdir.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish lozim, yurtimizga tashrif buyurayotgan Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka nafaqat O‘zbekistonga balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham birinchi bor tashrif buyurishidir. Bu ham tadbirning yuqori darajada o‘tishiga asosiy omil hisoblanadi.