Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga martabali mehmonlar kelishi boshlandi.
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka, Bosh direktor Oliver Niggli va boshqa mutasaddilar kutib olindi. Martabali mehmonlarni Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikovlar kutib olishdi.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish lozim, yurtimizga tashrif buyurgan Vitold Banka nafaqat O‘zbekistonga balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham birinchi bor tashrif buyurishidir.
Eslatib o‘tamiz, InterContinental Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan anjuman ertaga yani 22-may kuni o‘z ishini boshlaydi.