eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Sirdaryoda tibbiyot xodimlari va murabbiylarga antidoping o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda O‘zbekiston Sport vazirligi o‘rtasida qo‘shma qaror tasdiqlangan. Qo‘shma qarorga binoan Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda antidoping o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi seminar trening Sirdaryo viloyatida o‘tkazildi. Agentlik mutaxassisi I.Usmonov tomonidan viloyatning 15 ta sport maktablaridan trenerlar va tibbiyot xodimlariga yangi foydalanishga tushirilgan “Antidoping elektron taʼlim platformasi” va “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Aynan tibbiyot xodimlari va trenerlarga ham alohida seminarlar o‘tkazilishidan asosiy maqsad, bo‘lajak chempionlarni tarbiyalaydigan va ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan aynan ularning murabbiyi va sport shifokori hisoblanadi. Shu sababli ham birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va murabbiylarni antidoping bo‘yicha bilimlarini oshirish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш