eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Jizzaxda antidoping masalalari yuzasidan seminar o‘tkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan antidoping sohasini raqamlashtirish orqali qoidabuzarliklarini kamaytirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga antidoping qoidabuzarlik bo‘yicha o‘quv-seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. 

Sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlarini doping va uning profilaktikasi bo‘yicha kerakli maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida navbatdagi seminar Jizzax viloyatida tashkil qilindi. Seminar davomida yangi ishga tushirilgan “Antidoping elektron taʼlim platformasi” hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si bo‘yicha maʼlumotlar berilmoqda.

Ikki kunga mo‘ljallangan seminar davomida viloyatdagi barcha masʼullarga maʼlumotlar beriladi va platformalardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlar olib boriladi. Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida reja grafik asosida o‘tkazilmoqda.

 

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш