Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi va Sport vazirligi hamkorligida Respublikamizda faoliyat olib borayotgan federatsiya (assotsiatsiya)larining sportda dopingga qarshi kurash borasidagi hamkorliklari va antidoping talablarini o‘z vaqtida bajarish hamda antidoping qoidalariga rioya qilish borasidagi 6 oylik reytingi eʼlon qilinmoqda.
Ushbu reyting g‘olibini aniqlash uchun ham alohida mezonlar mavjud.
- Xalqaro darajadagi sertifikatni olganligi;
- antidoping taʼlimotini targ‘ib qilishdagi hamkorlik;
- masʼul xodimning faolligi;
- ADAMS tizimini vaqtida to‘ldirish;
qoidabuzarliklar aniqlanganda ularning sababini aniqlashdagi hamkorlik;
Paralimpiya qo‘mitasi yuqorida sanab o‘tilgan mezonlarning deyarli barchasini doimiy ravishda o‘z vaqtida bajarib kelayotganligi bilan ajralib turibdi.
Dyuzdo, Og‘ir atletika hamda Boks federatsiyalari mezonlarni doimiy ravishda bajarib kelayotganligi bilan ishonchli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Yil yakuni bo‘yicha umumiy natijalar hisoblanadi hamda qimmatbaho sovrinlar o‘z egalariga topshiriladi.