To‘rt yillikning eng nufuzli sport tadbiri Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari Fransiyada bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu sport bayramida o‘zbekistonlik sportchilar ham mamlakat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi.
Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik Xalqaro doping ofitser A.Soliyev o‘z faoliyatini boshladi.
Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, A.Soliyev Olimpiya o‘yinlarida doping ofitseri sifatida faoliyat olib borayotgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi.