O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari reja asosida yangi ishga tushirilgan Antidoping taʼlim elektron platformasi va Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformalaridan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar berib kelmoqda.
Sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda Navoiy viloyatidagi sport shifokorlari, murabbiylar, mutasaddilar va sportchilar ishtirok etdi. Yig‘ilganlarga platformalardan qanday foydalanish, uning afzalliklari bo‘yicha maʼlumotlar berib, platformadan foydalanish yuzasidan taqdimot qilishdi.
Shuningdek, antidoping qoidabuzarlik turlari, ADAMS platformasidan to‘g‘ri foydalanish va Terapevtik istisnolar bo‘yicha ham tushunchalar berildi.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan soha xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.