eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Mehr saxovat: keksalarga eʼtibor eng oliy insonparvarlikdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–82-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va nuroniylar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Farmonda nazarda tutilgan “Mehr va saxovat kuni” doirasida nuroniylar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish  tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Agentlik xodimlari uzoq yillar taʼlim sohasida fidoyilik bilan xizmat qilib kelgan Xidoyatxon aya xolidan xabar olishdi. Xidoyatxon aya bilan suhbatlashishdi.

“Hozir sizlarga qarab havasim keladi, ilm-fan, sport sohasida qo‘yingki barcha sohalarda sharoitlar yaratib berilgan. Faqat bunday imkoniyatlardan to‘liq foydalanish kerak xolos”, - dedi Xidoyatxon aya

Qariyalar eʼtibor, mehr-muruvvat va shafqatga muhtoj bo‘lishadi. Bun­day insonlarga eʼtiborli bo‘lmoq lozim. Chunki ularning umri mehnat bilan o‘tgan, endi keksalik bois ishga yaramay, xastalanib, kuch-quvvatdan qol­gan­lar. Ja­miyat va ona Vatan ravnaqi uchun hissa qo‘shgan, o‘g‘il-qizlar o‘stirib, yedirib-ichirgan, oilam, bolam-chaqam deb, yelib-yugurganlar ham shular.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш