O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari Turkiyada antidoping sohasidagi malaka oshirish kursida ishtirok etishmoqda.
Unda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va Turkiya antidoping markazi xodimlari ishtirokida 4 kunlik qo‘shma dastur asosidagi malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu malaka oshirish kurslarida natijalarni boshqarish, antidoping taʼlim dasturlari, terapevtik istisnolar, ADAMS platformasi va doping nazorati jarayoni bo‘yicha tajriba almashishmoqda. Ushbu o‘quv kurslari yakunida xorij tajribasini o‘rgangan holda mamlakatimizda tadbiq etiladi.