eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish tadbirida Agentlik xodimlari ham faol ishtirok etdi

Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik va idoralarda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazilmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi xodimlari ham “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida faol ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Yengil atletika sport majmuasida o‘tkazilayotgan sinovlarida  3 ming metr masofaga yugurish (ayollar 2 ming metr), turgan joydan uzunlikka sakrash, kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib tanani yuqoriga ko‘tarish, yerga tayangan holda qo‘llarni yozish, basketbol to‘pini 3 metr masofadan savatga tashlash, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish kabi sport sinovlaridan o‘tishdi.

Ushbu sport sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va rag‘batlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

 

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш