Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan sportda doping qo‘llanishining oldini olish va sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga antidoping qoidalarini o‘rgatish, doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun ilmiy-amaliy konferensiya va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, sportchilarni huquq va majburiyatlarini o‘rgatish vazifalari yuklatilgan.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan respublikamizdagi sport taʼlim muassasalari, federatsiya va assotsiatsiyalarda faoliyat olib borayotgan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga reja grafik asosida antidoping qoidabuzarlik yuzasidan o‘quv-seminarlar tashkil etib kelinmoqda.
Bugun poytaxtimizda joylashgan Respublika velosport mahorat maktab-internatida tahsil olayotgan sportchilar, murabbiylar, sport shifokorlari va masʼullar ishtirokida antidoping qoidabuzarlik turlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida “Antidoping taʼlim elektron platformasi” shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob berildi.
“Antidoping taʼlim elektron platformasi”dan foydalanish uchun talim-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin. “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi”dan foydalanish uchun dori-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin. “Antidoping taʼlim elektron platformasi” orqali o‘quv kursni yakunlagandan so‘ng 2025 yildan boshlab respublika chempionatlarida talab qilinadigan QR kodli maxsus sertifikat taqdim etiladi.