Butunjahon antidoping agentligi (WADA) global antidoping hamjamiyatini 2025-yilgi “Toza sport kuni”ni 11-aprelda o‘tkazilishini maʼlum qildi.
Biz butun dunyo bo‘ylab sportchilarni, milliy va mintaqaviy antidoping tashkilotlarini, sport federatsiyalarini, hukumatlarni, yirik tadbirlar tashkilotchilari va boshqa barcha dopingga qarshi manfaatdor tomonlarni toza sportning eng yirik bayramiga qo‘shilishga taklif qilamiz deyiladi xabarda.
Mamlakatmizda ham har yili “Halol sport kuni” tadbiri keng miqyosida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan sport jamoatchiligi turli xil davra suhbatlari, interaktiv o‘yinlar va sahna ko‘rinishlari ko‘rsatish bilan bir qatorda nomdor sportchilar tomonidan dopingga qarshi kurashish borasida targ‘ibot roliklari tayyorlanadi.