Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi rivojlangan xorijiy mamlakatlar antidoping tashkilotlari bilan hammollikni yo‘lga qo‘yish va bu orqali xorij tajribasini mamlakatimizda joriy qilish vazifalari yuklatilgan.
Shu maqsadda Butunjahon antidoping agentligi tashabbusi bilan Hindistonda antidoping masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassisi ham ishtirok etdi.
Seminar treningda 15 ga yaqin mamlakatlardan mutaxassislar qatnashdi va WADA mutaxassislari tomonidan nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.