eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Agentlik tomonidan rivojlanayotgan qishki sport turlari tarbiyalanuvchilari va masʼullar ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha sohalar kabi qishki sport turlari ham kun sayin rivojlanib bormoqda. Qishki sport turlari figurali uchish, konkida uchish, short-trek, xokkey va tog‘ chang‘isi kabi yo‘nalishlarda sportchilar mashg‘ulotlarni olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Sportchilar amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda nazariy hamda antidoping sohasida huquq va majburiyatlarini ham eslatib o‘tish lozim. Shu sababdan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy mahorati maktabi tarbiyalanuvchilari, murabbiylar va masʼullariga antidoping qoidabuzarlik bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Qolaversa, “Antidoping taʼlim elektron platformasi” shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.

“Antidoping taʼlim elektron platformasi”dan foydalanish uchun talim-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin. “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi”dan foydalanish uchun dori-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin. “Antidoping taʼlim elektron platformasi” orqali o‘quv kursni yakunlagandan so‘ng 2025 yildan boshlab respublika chempionatlarida talab qilinadigan QR kodli maxsus sertifikat taqdim etiladi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш