“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”ning 5-bandiga muvofiq, joriy yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan o‘z faoliyatlari ochiqligini taʼminlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyatining ochiqligi, uning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini taʼminlash hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, blogerlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javob olish maqsadida tashkil etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida Agentlik faoliyati haqida qisqa tanishuv hamda tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.
“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Respublikada o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida to‘liq maʼlumotlar taqdim etildi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari tomonidan tashkilot faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti tashkil qilindi.
Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilari savollariga to‘la-to‘kis javoblar berildi va ularning bu boradagi faoliyatni yana-da mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi.