Hozirgi kunda global mavzuga aylanib borayotgan dopingga qarshi kurash va uni oldini olish borasida Butunjahon antidoping agentligi va dunyodagi antidoping tashkilotlari bir yoqadan bosh chiqargan holda doping qo‘llanilishini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqmoqda.
Butunjahon antidoping agentligi tashabbusi bilan har yili o‘tkaziladigan antidoping taʼlim dasturlari bo‘yicha xalqaro konferensiya bu yil Yaponiyada tashkil etildi. Osiyo/Okeaniya mamlakatlari (61 ta) ning antidoping taʼlimiga masʼullar ishtirokida 3 kunlik seminar tashkil etildi. Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassisi ham ishtirok etdi.
Seminar davomida sportchilarga antidoping qoidabuzilishlari holatini yangicha usullar bilan tushuntirish va qoidabuzilishlarni oldini olish bo‘yicha jahon tajribasi bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, 2027 yilda yangilanadigan Butunjahon antidoping Kodeksi, Xalqaro testlash standarti va xalqaro taʼlim standartidagi kutilayotgan o‘zgarishlar hamda antidoping taʼlimini amalga oshirishdagi federatsiyalar, sportga aloqador tashkilotlarning roli va majburiyatlari haqida so‘z yuritildi.