eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

YUNESKOning Sportda dopingga qarshi xalqaro konvensiyasi yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan YUNESKOning Sportda dopingga qarshi xalqaro konvensiyasi (Konvensiya 2005-yilda qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston 2009-yilda ratifikatsiya qilgan) ijrosini taʼminlash yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va masʼul xodimlar, Sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi hamda Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligidan masʼullar ishtirok etdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda YUNESKOning Sportda dopingga qarshi xalqaro konvensiyasi va uning asosiy maqsadlari, belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Konvensiyaning asosiy maqsadi davlatlarni Butunjahon antidoping Kodeksini amalga oshirishga jalb qilish hamda milliy qonun hujjatlarini qabul qilish va moslashtirishdir.

Konvensiyaning 31-moddasiga ko‘ra, “har ikki yilda bir marta ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida onlayn so‘rovnoma va tahliliy dasturiy taʼminotni o‘z ichiga olgan Antidoping mantiqiy tizimi (ADLogic) orqali maʼlumot beradilar.

Milliy platforma ADLogic orqali hisobot taqdim etishga yordam beradigan javobgarlik, ishonchni taʼminlaydigan milliy mexanizmdir. U sportda dopingga qarshi kurashda ishtirok etuvchi milliy manfaatdor tomonlarni (masalan, vazirliklar, milliy antidoping tashkilotlari, bojxona organlari, tibbiyot va farmatsevtika sektorlari, sport hamjamiyatlari, sportchilar vakillari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi xodimlar va boshqalar) o‘z ichiga olishi kerak.

Dopingning oldini olish va nazorat qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik, sportchilar salomatligini taqiqlangan moddalar va usullardan foydalanishning salbiy oqibatlaridan himoya qilish hamda aniq qoidalar va nazorat mexanizmlarini belgilash ishchi guruhning asosiy vazifalaridan bir ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda taqiqlangan moddalarni tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yish, doping bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish uchun milliy va xalqaro miqyosda boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik qilish va taqiqlangan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi ustidan nazoratni taʼminlashni o‘z ichiga oladi.

Qolaversa, taqiqlangan moddalarni olib kirish va olib chiqish ustidan nazoratni amalga oshirish, taqiqlangan moddalarni olib kirishni aniqlash va bostirish uchun antidoping agentliklari va WADA kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, dori vositalarini tekshirish, milliy darajada dori vositalari va preparatlarni ishlab chiqarish, sotish va tarqatishni tartibga solish masalalari muhokama qilindi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш