Bugungi kunda O‘zbekiston sporti dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Sportchilar qanchalik yaxshi natijalar qayd etgan sari mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga xorij davlatlari va tashkilotlari qiziqishi ortib boraveradi.
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) reja asosida har 3 – 4 yilda bir marotaba antidoping agentliklarining Butunjahon antidoping Kodeksi va boshqa xalqaro hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib boradi. Shu sababli kelasi oy WADA mutasaddilari O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha tashrif buyurishadi.
Shu maqsadda WADAning Muvofiqlik qoidalari va standartlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Emiliano Simonelli bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Uchrashuvda tomonlar tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi.