eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Antidoping taʼlimoti bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullariga muhim maʼlumotlar berildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining 2025-yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarda faoliyat olib borayotgan antidoping bo‘yicha masʼul xodimlar uchun 3 kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarning birinchi kunida Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport federatsiya (assotsiatsiya)larining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarlik turlari, doping test topshirish jarayoni, sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari hamda Butunjahon antidoping agentligining ADEL platformasi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz platformalaridan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

O‘quv-seminar dasturiga muvofiq, ikkinchi va uchinchi kunlari ADAMS tizimidan foydalanish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va talab etiladigan maʼlumotlar, Natijalarni boshqarish jarayonidagi murabbiy yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan kamchiliklar va xatoliklar, Taʼqiqlangan ro‘yxat bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar shuningdek, Agentlik tomonidan ishga tushirilgan  dori-uznada.uz platformasi hamda terapevtik istisnolar arizasini qanday tartibda to‘ldirish va murojat qilish bo‘yicha ko‘nikma va maʼlumotlar berish bo‘yicha maʼruzalar qilindi.

Seminarda 30 ga yaqin federatsiya va assotsiatsiyalarning antidoping bo‘yicha masʼul xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli javoblar olishdi. Shuningdek, seminar yakuni bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiya masʼul xodimlariga sertifikatlar taqdim etildi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш