Bugungi asrga kelib tabiat sofligi eng dolzarb masalaga aylandi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, global isish tabiiy muvozanatga va odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. Yurtimizda bu oldindan anglanib, atrof-muhitni asrash choralari ko‘rilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt ko‘chatlari ekish anʼanasi jonlandi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari ham «Yashil makon» umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Agentlikda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘zlari istiqomat qiladigan hududlarda loyihaga qo‘shilgan holda mevali va manzarali daraxtlarni ekishmoqda. Ekilgan ko‘chatlar parvarish qilinmoqda.