eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Para yengil atletika: matonatli sportchilarga “Antidoping taʼlimoti” bo‘yicha tushunchalar berildi

So‘ngi yillarda mamlakatimizda sportga bo‘lgan eʼtibor yuksak darajaga yetmoqda, shu sababdan ham sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib kelmoqdalar. Yurtimiz sport jamoatchiligi Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishidan so‘ng, yangi olimpiya sikliga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sportchilarda ijobiy doping analizi chiqishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Agentlikning 2025 yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya  (assotsiatsiya)lar va sport tashkilotlarida antidoping o‘quv seminari o‘tkazib kelinmoqda.

Agentlik mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyati, Angren shahar Yangiobod o‘quv mashg‘ulot bazasida belgilangan reja asosida para yengil atletika sportchilari, murabbiylari va tibbiyot xodimlari ishtirokida “Antidoping qoidabuzarlik turlari”, “Sportchilarning huquq va majburiyatlari” va “Terapevtik istisno  nima?” mavzulari  bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida Butunjahon antidoping Kodeksi qoidalari, taʼqiqlangan modda uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi; sportchi tomonidan taʼqiqlangan modda yoki uslubni qo‘llash va qo‘llashga urinish;

doping test topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko‘rsatish yoki tashrif buyurmaslik;

sportchi yoki uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish bo‘yicha ham tushunchalar berildi. Seminar trening davomida sportchilar va murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi  avvalo sportchilarni salomatligini asrash, bilib yoki bilmagan holda doping qabul qilish orqali, uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari sarobga aylanmasligi uchun har bir federatsiya va assotsiatsiyalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш