O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining 2025-yiluchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar va sport tashkilotlarida antidoping o‘quv seminari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi seminar Suzish bo‘yicha terma jamoa aʼzolari uchun o‘tkazildi. Seminar davomida Butunjahon antidoping agentligining ADEL va ADAMS platformalari, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalaridan to‘g‘ri foydalanish, foydalanish davomida yuzaga keladigan tushunmovchiliklar bo‘yicha maʼlumot berildi.